CHO‘L- VOHA LANDSHAFTLARIDA MUHOFAZA ETILADIGAN HUDUDLAR VA O‘ZBEKISTONDA EKOLOGIK XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH
Аннотация
Inson hayotini turli ekologik xavflardan asrash keyingi vaqtlarda eng muhim masalalardan bo‘lib qoldi. Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidendi Shavkat Mirziyoyevning «Insonlarning dardu tashvishlarini o‘ylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir», degan so‘zlarini eslash kifoya. Ekologik xavf-xatarning sabablariga texnologik va ekologik inqirozlarni kiritish mumkin. Ekologik xavf iqtisodiyot tarmoqlarining nazoratsiz rivojlanishi, texnologiya va texnikaning eskirib orqada qolishi, tabiiy va antropogen halokat va falokatlarning yuz berishi natijasida inson, o‘simlik hamda hayvonot olami yashaydigan muhitning buzilish ehtimolligi, buning oqibatida tirik organizmlarning mavjud bo‘lish sharoitlariga moslashishi buzulishida namoyon bo‘ladi. Ekologik muammolarni hal etishning asosiy yo‘nalishlari Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Vazirlar mahkamasi, turli nodavlat tashkilotlari hamda davlat tomonidan qabul qilingan Atrof- muhitni muhofazasi, gigienik, biologik xilmaxillikni saqlash bo‘yicha milliy harakat rejalari va strategiyalarida o‘z aksini topgan. Qo‘riqxonalarda har bir tabiiy mintaqa, balandlik mintaqasida tabiiy landshaftlar namunasi va landshaft elementlari, masalan, manzara, relyef shakllari, tabiat yodgorliklari, ayrim noyob turlar va hayvonlar saqlanib qolinadi.
Ключевые слова
Ekologik xavf-xatar, tabiat muhofazasi, landshaft, tabiiy muhit, ikkilamchi resurs, geotizm, landsahft turlari, ekologik vaziyat, yerlarni o‘zlashtirish, ekologik ta’lim.
Библиографические ссылки
- Sh.S.Zokirov Landshaftshunoslik asoslari Toshkent – 2010 «UNIVERSITET»
- A.N.Xodjimatov, N.R.Alimqulov, Sh.A.Xolmurodov, M.E.Djurayev Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish Toshkent- 2020
- Atlas. O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning tabiiy geografiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi. Toshkent 2016
- P.Baratov, M.Mamatqulov, A.Rafiqov O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi Toshkent “O‘qituvchi”- 2002
- M.E.Djurayev, Ch.T.Qurbonova Global ekologik muammolar: Yechimlar va takliflar tabiiy geografik nuqtai nazar Guliston 2023